Prezident maktabi bitiruvchilariga kontrakt uchun subsidiya to‘lanadi
Jamiyat
−
23 iyul 2021
3844O‘zbekiston Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi – Prezident ta’lim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi.
2021–2025 yillarda Agentlik tizimida 13 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktab qurilib, mavjud 5 ta ijod maktabi ta’mirlanadi.
2021 yil 1 sentyabrgacha:
- xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq o‘quvchi va pedagog kadrlarning STEAM fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- Prezident maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga keyinchalik o‘qishini davom ettirish uchun OTMlarni tanlashda ko‘maklashishga qaratilgan “Maktab maslahatchisi” (School Councillor) dasturi joriy etiladi;
- Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv IT ta’lim joriy qilinadi.
2021/2022 o‘quv yilidan O‘zbekistondagi xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasini qoplash uchun subsidiya to‘lanadi.
LiveBarchasi