TOP-5 chempionat. Ushbu “weekend”da bizni qanday derbilar kutib turibdi?

Sport

image
0:00
0:00
download

Odatda shanba va yakshanba kunlari “futbol kuni” sifatida yodimizda qolgan. Chunki hafta oxirida Yevropaning kuchli beshlik chempionati uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ushbu “weekend”da bizni kutib turgan eng markaziy qarama-qarshiliklar anonsi bilan tanishing. 

Angliya Premer ligasi 

Angliya Premer ligasi navbatdagi tur uchrashuvlari  davom ettiriladi. Kunning eng markaziy uchrashuvi shubhasiz, Manchester shahrining ikki jamoasi “Yunayted” va “Siti” o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Manchester derbisi”dir. “Old Trafford”da kechadigan uchrashuvda Sulsher jamoasi qudratli “Manchester Siti”ni qabul qiladi. 

Yangi mavsum avvalida Sancho, Ronaldu kabi yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib olgan “qizil iblislar” APLni unchalik yaxshi o‘tkaza olmayapti. Ole-Gunnar shogirdlari 10-turdan so‘ng, 17 ochko bilan 5-o‘rindan joy olgan. Umuman olganda, “Yunayted”ning oxirgi 5 uchrashuviga nazar tashlasak, ular bor-yo‘g‘i bir marta g‘alaba qozongan bo‘lib, bir marta durang o‘ynagan va bir 3 marta raqiblariga imkoniyatni boy bergan. “MYU” o‘tgan turda Londonning “Tottenxem” jamoasi maydoniga safar uyushtirib, yirik 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytgan.

Pep Gvardiola boshchiligidagi “Man Siti”ning ishlari ancha yaxshi. “Shaharliklar” 10-turdan so‘ng, 20 ochko to‘plab, turnir jadvalining 3 pog‘onasida bormoqda. Ammo, “Siti” o‘tgan turda kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “Etihad Stadium”da kechgan “Manchester Siti” va “Kristal Pelas” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda, maydon egalari 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. 

Manchesterning ikki jamoasi o‘rtasidagi oxirgi 5 ta uchrashuvda, ustunlik Sulsher shogirdlari tomonida. “Qizil iblislar” Gvardiola jamoasiga qarshi so‘ngi 5 bahsning 3 martasida g‘alaba qozongan. Bir uchrashuvda durang qayd etilgan bo‘lsa, bir marta “shaharliklar” ustun kelishgan.

11-tur doirasidagi barcha uchrashuvlar

05.11.2021
“Sautgempton” – “Aston Villa” – 1:0

06.11.2021
17:30| “Manchester Yunayted” – “Manchester Siti”
20:00| “Brentford” – “Norvich”
20:00| “Chelsi” – “Byornli”       
20:00| “Kristal Pelas” – “Vulverxempton”
22:30| “Brayton” – “Nyukasl” 

07.11.2021
19:00| “Lids” – “Lester”
19:00| “Everton” – “Tottenxem”
19:00| “Arsenal” – “Uotford”
21:30| “Vest Xem” – “Liverpul”

Ispaniya La Ligasi

Ushbu haftada Angliya Premer ligasida bo‘lgani kabi, La Ligada ham qiziqarli derbi uchrashuvi bor. Ispaniya poytaxti Madrid shahrining ikki jamoasi “Real” va “Rayo Valekano” o‘rtasidagi jang ko‘pchilik muxlislarda qiziqish uyg‘otishi tayin. 

Joriy mavsumning o‘ziga xosligi shundaki, unda muntazam ravishda g‘alaba qozonadigan va ishonchli tarzda yetakchilik qiladigan birorta jamoa yo‘q. Peshqadamlar orasida deyarli har bir turda o‘zgartirishlar bo‘lib turadi. Bu esa La Liganing chempionlik poygasining o‘ta qizg‘in tarzda kechishini ta’minlaydi. Oxirgi besh uchrashuvda bor-yo‘g‘i ikkita g‘alaba qozongan, ikki marta durang o‘ynagan va bir marta mag‘lub bo‘lgan “Real” ham bundan mustasno emas.

“Rayo Valekano” – tez-tez ochko yo‘qotib turadigan jamoa. Ammo “Valekano” joriy mavsumgi Ispaniya chempionatida munosib tarzda ishtirok etmoqda. Madrid klubi 12-turdan so‘ng 20 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 6-o‘rindan joy olgan. Ikki tur avval “asalarilar” Kataloniyaning “Barselona” jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va ushbu muvaffaqiyatli yurish “ko‘k-anorranglilar” ustozi Ronald Kumanni ishdan ketishiga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, o‘tgan to‘rtta turda “Rayo Valekano” faqatgina “Betis”ga mag‘lub bo‘ldi (2:3).  Shuningdek, “Selta” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa,  “Elche”ni 2:1, “Barselona”ni esa 1:0 hisobida mag‘lub etdi. 

Raqamlar

“Real Madrid” oldingi beshta turning faqatgina ikkitasida g‘alaba qozongan;
Ikki jamoa o‘rtasida kechadigan so‘nggi 15 ta “Madrid derbisi”ning 14 tasida “Real” g‘alaba qozongan.

13-tur doirasidagi barcha uchrashuvlar

05.11.2021 
“Atletik – Kadis – 0:1 

06.11.2021 
01:00| “Espanol” – “Granada”
20:15| “Selta – “Barselona”
22:30| “Alaves – “Levante”
01:00| “Real Madrid” – “Rayo Valekano”

07.11.2021 
18:00| “Vilyarreal – “Xetafe”
20:15| “Valensiya” – “Atletiko”
22:30| “Osasuna” – “Real Sosedad”
22:30| “Malorka” – “Elche”
01:00| “Betis – “Sevilya”

Italiya A Seriyasi

A Seriyaning 12-turida ko‘plab markaziy uchrashuvlar bor. Xususan, “Milan” – “Inter” o‘rtasidagi “Milan derbisi”, kundan-kunga yetakchilar qatoridan tushib borayotgan “Yuventus”ning “Fiorentina”ga qarshi uchrashuvi, hamda o‘zbekistonlik legioner Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Roma”ning safardagi “Venetsiya”ga qarshi bellashuvi. Albatta, mazkur qarama-qarshiliklar orasida “Milan derbisi”ning obro‘si katta. Sababi, bu ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuvlar doimo murosasizligi va kurashlarga boy tarzda o‘tishi bilan ajralib turadi. 

“Rossonerilar” 11 turdan so‘ng 31 ochko to‘plagan holda 2-pog‘onadan joy olgan. “Neradzurrilar” esa 11 uchrashuvda 7 g‘alaba, 3 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etib, 24 ochko to‘plagan va mos ravishda jadvalda 3-o‘rinni egallagan.

12-tur doirasidagi barcha uchrashuvlar

05.11.2021
Empoli – Jenoa – 2:2

06.11.2021 
19:00| “Spetsiya” – “Torino”                
22:00| “Yuventus” – “Fiorentina”
00:45| “Kalyari” – “Atalanta”

07.11.2021 
16:30| “Venetsiya” – “Roma”
19:00| “Udineze” – “Sassuolo”
19:00| “Sampdoriya” – “Bolonya”
22:00| “Napoli” – “Verona”
22:00| “Latsio” – “Salernitana”
00:45| “Milan” – “Inter”

Germaniya Bundesligasi

Har yilgidek, ushbu mavsum Germaniya Bundesligasida bir jamoaning chempionlik uchun yakka peshqadamligi kuzatilmayapti. Avvallari, “Bavariya” jamoasi turnir jadvalida qolganlarni katta farq bilan ortda qoldilardi. Ammo, “nemis mashinasi” Bundesliganing 2021/22 yilgi mavsumida unchalik yaxshi o‘tkazmayapti. Nagelsmann shogirdlari 11 turdan so‘ng, 25 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Biroq, “Bavariya”dan bir ochko kam to‘plagan “Borussiya D” Myunxen klubini ta’qib etishda davom etmoqda. 

Ushbu turdagi uchrashuvlar orasida ham eng markaziy uchrashuv aynan “Bavariya”ning “Ayntraxt”ga qarshi uchrashuvidir. Sababi, frankfutliklar Bundesliga turnir jadvalda 22 ochko bilan 3-o‘rindan joy olgan. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan kechki 19:30 da Myunxendagi “Alyans Arena” stadionida boshlanadi.

12-tur doirasidagi barcha uchrashuvlar.

05.11.2021Mayns – Borussiya M – 1:1         

06.11.2021
19:30| “Boxum” – “Xoffenxaym”                  
19:30| “Shtutgart” – “Arminiya”      
19:30| “Volfsburg” – “Augsburg”   
19:30| “Bavariya” – “Frayburg”
22:30| “Leypsig” – “Borussiya D”

07.11.2021
19:30| “Gerta” – “Bayer”
21:30| “Kyoln” – “Union Berlin”               
23:30| “Groyter” – “Ayntraxt F”

Fransiya Chempionati

Yozda argentinalik futbolchi Leo Messi Fransiya Liga 1 musobaqasiga o‘tgandan so‘ng, ushbu mamlakat chempionati mavqei ham biroz oshgandek ko‘rinmoqda. Sababi, Messi, Neymar va Mbappe kabi super darajadagi yulduzlarning o‘yinini tomosha qilish har doim qiziq tuyulgan. 12-turdan so‘ng, musobaqa turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanib olgan parijliklar, bugun tunda “Bordo” maydoniga safar uyushtiradi. “Stad-de-Bordo” stadionida bo‘ladigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi 01:00 da boshlanadi. Ayni paytda, Pochettino shogirdlari 12 uchrashuvdan so‘ng, turnir jadvalida 31 ochko bilan yetachilik qilmoqda. Ularning eng yaqin ta’qibchisi esa “Lans” hisoblanadi.”Oltin jamoasi” hisobidagi ochkolar soni 24 tani tashkil qiladi. “Bordo” esa 12 ochko bilan 16-pog‘onani band etib turibdi.

Shuningdek, ushbu turda yana bir qancha markaziy uchrashuvlar bor. Xususan, “Renn” – “Lion”, “Lill” – “Anje” va “Marsel” – “Mets” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ko‘pchilik muxlislarda qiziqish uyg‘otishi tayin.

13-turning qolgan barcha uchrashuvlari

05.11.2021
“Lans” – “Trua” – 4:0

06.11.2021
21:00| “Lill” – “Anje”
01:00| “Bordo” – “PSJ”

07.11.2021
17:00| “Marsel” – “Mets”     
19:00| “Sent-Eten” – “Klermon”
19:00| “Reyms” – “Monako”
19:00| “Nant” – “Strasbur” 
19:00| “Loryan” – “Brest”
21:00| “Nitssa” – “Monpele”
00:45| “Renn” – “Lion”

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing