“Respublika yoshlar ovozi” festivalining g‘oliblari aniqlandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tgan “Respublika yoshlar ovozi” festivalining yakuniy bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Festivalning hududiy kasting bosqichilarida 3 mingga yaqin yoshlar ishtirok etib, ulardan 87 nafari tanlovning respublika bosqichga yo‘llanma oldi. 

Festival “Bo‘zatov iqtidorlilarni chorlaydi!” shiori ostida yangi iqtidor egalarini kashf etib berdi. Festival g‘oliblari: 1-o‘rin 50 mln so‘m, 2-o‘rin 25 mln so‘m va 3-o‘rin15 mln so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, rag‘batlantiruvchi o‘rinlar, ya’ni 66 nafar ishtirokchilarga 5 mln so‘mdan pul mukofotlari berildi.

“Respublika yoshlar ovozi” festivalining respublika bosqichi g‘oliblari:

An’anaviy ijro va baxshichilik yo‘nalishi

6-15 yosh toifasi:

1-o‘rin Jovliyeva Sevinch, Toshkent shahri
2-o‘rin Norboyeva Mahliyo, Xorazm viloyati
3-o‘rin Janabayev Bayrambay, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

16-30 yosh toifasi:

1-o‘rin Rahmonov Botirjon, Xorazm viloyati
Tursunov Eldor, Toshkent viloyati
2-o‘rin Baxshilloyeva Gulchiroy, Buxoro viloyati
Abdinazarov Abdurahmon, Surxondaryo viloyati
3-o‘rin Mahammatqulova Xumora, Navoiy viloyati
Rimov Bekjon, Qashqadaryo viloyati

Opera yo‘nalishi

6-15 yosh toifasi:

1-o‘rin Mirzabayev Nishonbek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2-o‘rin Yo‘ldoshev Umrbek, Xorazm viloyati
3-o‘rin Petrosyan Krestina, Toshkent viloyati

16-30 yosh toifasi:

1-o‘rin Jumaniyazov Aminzoda, Xorazm viloyati
2-o‘rin Tursinboyev Shi’raz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3-o‘rin Imomnazarova Xadicha, Toshkent shahri

Yestrada yo‘nalishi

6-15 yosh toifasi:

1-o‘rin Avezov Firdavs, Toshkent shahri
2-o‘rin Dauletbayeva Miyasar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3-o‘rin Majidillayeva Gulyora, Namangan viloyati

16-30 yosh toifasi:

1-o‘rin Moldabayev Musag‘ali, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2-o‘rin Saydaliyev Umarshoh, Jizzax viloyati
3-o‘rin Jalalov Dilshod, Toshkent shahri

Bo‘zatov FEST media shtabi


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing