Poytaxtning yangi tarixi — “Dinastiya” turar joy majmuasi

Biznes

image

Golden House kompaniyasi “Dinastiya” turar joy majmuasida xonadon xarid qilishni taklif qiladi. 

Yirik majmua Mirzo Ulug‘bek va Parkent ko‘chalari kesishmasida barpo qilinmoqda. Hududda rivojlangan infratuzilma mavjud, ko‘plab ijtimoiy-madaniy va savdo nuqtalari piyoda yurish masofasida (5–10 daqiqa) joylashgan. “Dinastiya” loyihasida ikchi infratuzilma ob’ektlariga ham katta e’tibor qaratilgan. Avtomobil ixlosmandi bo‘ladimi, ko‘p oilali ota-ona bo‘ladimi, imkoniyati cheklangan yoki yoshi ulug‘ inson bo‘ladimi — bu yerda har qanday toifadagi odamlar uchun imkoniyatlar muhayyo qilingan.

Ichki hovli mashinalardan holi, shu bois bu yer xavfsiz: bolalar bemalol o‘ynab yurishi, velosipedda sayr qilishi, vorkaut hududlarida sport bilan shug‘ullanishi mumkin. Bolalar aravachalari va velosipedlar uchun keng kirish qismlarida alohida maydonlar va qo‘yish joylari ajratilgan. Shu bois “bolalar transporti”ni uyingizga sudrab kirishga to‘g‘ri kelmaydi. Binolarning butun perimetri bo‘ylab hamda ko‘p qavatli turargohda avtomobillar uchun qo‘yish joylari ko‘zda tutilgan.

Loyiha Angliyaning Chapman Taylor hamda Urban PRO dizayn va me’morchilik studiyalari hamkorligi doirasida amalga oshirilgan. Unda poytaxtimizning seysmik faolligi, ob-havoning o‘ziga xosliklari inobatga olingan. Yangi majmua turli qavatga (7–12) ega Business va Premium toifasidagi binolarni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichdagi uylarda tijoriy maydonlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha bo‘yicha har bir xonadonda ikki konturli individual isitish qozonlari bo‘ladi — bu yilning istalgan vaqtida xonadoningizni shinam haroratda ushlab turish imkoniyatini beradi. Kirish qismlarida 1000 kg yukni ko‘tara oluvchi tezkor va shovqinsiz liftlar o‘rnatiladi. Binoning ikkinchi qavatidan sakkizinchi qavatigacha ikki kamerali shishapaket derazalar 1,4x2,5 m kattalikda o‘rnatiladi. Keng derazalar xonalarni tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlaydi. Aholi xavfsizligi uchun xonadonlar yong‘inga qarshi avtomatik signalizatsiya tizimi bilan jihozlanadi.

Ayni damda turli tarhlardagi bir, ikki, uch va to‘rt xonali xonadonlar sotuvga qo‘yilgan. Ular turli maydon va kadastr rejasiga ega bo‘lsa-da, ularni puxta o‘ylangan tarh yechimlari birlashtirib turadi. Golden House kompaniyasi foydasiz kvadrat metrlari bo‘lmagan eng funksional xonadonlarni loyihalashtirgan. Xonadonga kiritilgan har bir mablag‘ oqil ishlatilgan.

“Dinastiya” turar joy majmuasini xarid qilayotgan mijozlar uchun Golden House yoqimli sovg‘a tayyorlab qo‘ydi. Xonadonga qo‘shimcha ravishda to‘liq ta’mir ishlari taqdim etiladi, ya’ni xonadon ko‘chib kelishga tayyor holda bo‘ladi. Bundan tashqari, har bir xaridor xonadon hajmi va o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda qulay va zamonaviy oshxona garnituriga ham ega bo‘ladi.

Ko‘chmas mulk bozorida Golden House taqdim etayotgani kabi sifatli takliflar har doim ham bo‘lavermaydi. Ushbu kompaniya yillar davomida mijozlarga qulay, mustahkam va zamonaviy uy-joy taklif qilib, aholi ishonchini qozona oldi. “Dinastiya” majmuasidan xonadon xarid qilib, siz o‘zingiz, farzand va nabiralaringiz uchun oilaviy an’analar poydevorini yarata olasiz.

Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.
Geolokatsiya

Call-markaz: +998 78 888-11-22

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing