Farg‘onada soxta g‘aznaxona fosh etildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy  yilning 1 aprel kuni Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro 9 million 900 ming so‘m miqdoridagi qalbaki  pullarni sotayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axbort xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 36 yoshli M.M. ismli shaxs o‘tkazilgan tezkor tadbirda 9 million 900 ming so‘m qiymatdagi 100 ming so‘mlik soxta kupyurani xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 2 million 700 ming so‘m evaziga sotmoqchi bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, tergov xarakati davomida M.M. ismli shaxs xonadonidan xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan paytda soxta pullarni tayyorlash jarayonida ishlatilgan  bir dona "Lenovo" rusumli noutbuk va "HP" rusumli rangli printer, hamda 5 000 so‘mlik kupyuradagi  200 dona jami 1 million so‘m soxta pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing