AQSHda odamdan odamga yuz va qo‘l ko‘chirib o‘tkazildi

Olam

image

AQSHning Nyu-York shahri shifokorlari dunyodagi ilk muvaffaqiyatli yuz va qo‘l transplantatsiyasini amalga oshirdi.

O‘tgan yili avgust oyida 22 yoshli Jo Dimeo 140 nafar shifokor nazoratida 23 soat davomida operatsiya qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilda Dimeo tungi smenadan keyin mashinasida uyiga qaytayotganda uxlab qolgan. Natijada avtohalokatga uchrab, avtomobili yonib ketgan.

Avtohalokatda amerikalik uchinchi darajali kuyish olgan, tanasining deyarli 80 foizi kuygan. Barmoq uchlari kesilgan, lablari va ko‘z qovoqlari yo‘q bo‘lib ketgan.

Jo kuyish blokida to‘rt oy yashagan, o‘sha vaqtning ma’lum qismida sun’iy komada bo‘lgan.

Dimeo 20 dan ortiq plastik jarrohlikni boshdan kechirgan, ammo uning qo‘llari va yuzi hech qachon to‘liq tiklanmagan.

2019 yilda bemor Nyu-Yorkdagi NYU Langone akademik tibbiy markaziga yuborilgan, aynan o‘sha yerda qo‘l va yuz transplantatsiyasi operatsiyasi o‘tkazilgan.

"Bunday sovg‘a hayotda faqat bir marta beriladi. Umid qilamanki, donor oilasi uning qismi menda yashashni davom ettirishini bilsa, ularga biroz osonroq bo‘ladi. Ota-onam va men ushbu ikkinchi imkoniyat uchun minnatdormiz", degan Jo.

"Operatsiyamiz nafaqat uning ko‘rinishini yaxshilashi kerak edi, balki biz unda hamma narsa, ayniqsa, qo‘llari mukammal ishlashini xohlagandik", degan yuz transplantatsiyasi dasturi direktori Eduardo Rodriges.

Jarrohlik amaliyotidan so‘ng Jo Dimeo 45 kun jonlantirish bo‘limida va yana ikki oy shifoxonada yotgan. U yerda bemor ko‘z qovoqlarini ochishni va yangi qo‘llarini ishlatishni o‘rgangan.

Hozirda u o‘zi mashq qilishi va nonushta tayyorlash kabi kundalik vazifalarni bajara oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing