Fotoreportaj: Kuchishlatar tuzilmalar Vatanga qasamyod monumentiga gulchambar qo‘ydi
Jamiyat
−
14 yanvar 2021 8793 1 daqiqa
14 yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan mamlakat bo‘ylab qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bugun, 14 yanvar kuni Vatanga qasamyod monumentiga mamlakat kuch tuzilmalari vakillari tomonidan gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa vazirligi mas’ul ofitseri podpolkovnik Abduxoliq Mahammadaminov

Unda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari harbiy orkestr sadosi ostida monument poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.
Davlat madhiyasi yangradi. Faxriy qorovul vzvodi monument yonidan tantanali marsh sadolari ostida shaxdam qadamlar bilan yurib o‘tdi.


Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari bo‘yicha markaziy kengashi raisi, rezervdagi polkovnik Abubakir Navro‘zov va faxriy ofitserlar


Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Davron Usmonov




Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari polkovnik Shokir Xairov harbiy okrug boshqaruv apparati ofitserlari bilan





Live
Barchasi