O‘zbekistonda inson huquqi bor deyishga haqlimizmi? Ombudsman Ulug‘bek Muhammadiyev bilan suhbat

Intervyu

1948 yilning 10 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan. Bugun ushbu hujjat qabul qilinganiga 72 yil to‘ldi. 

Deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va erkinliklari elon qilingan asosiy xalqaro hujjat hisoblanadi. 

Dunyo avvalgidek emas. Xo‘sh, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinishiga asosiy ehtiyoj nima edi. Sobiq Ittifoq va Gitler Germaniyasi o‘rtasidagi qonli urush dunyoni o‘zgartirib yubordi. Inson omili muhim ekani suv yuziga qalqib chiqdi. Sanoat, axborot texnologiyalari kabi sohalardagi o‘sish inson va uning manfaatlari yo‘lidagi ildam qadamlarni talab qilar edi. Ana shu muhim qadam qo‘yilganiga bugun 72 yildan oshdi. 

So‘nggi vaqtlardam zo‘ravonlik, tazyiq va qiynoqlar ko‘payib borayotgani, undan ko‘pchilik jabr chekayotgani haqidagi xabarlar tez-tez qulog‘imizga chalinmoqda. Matbuot va so‘z erkinligi, ochiqlik va oshkoralik ustidan uchrab turgan ba’zan rasmiy, ba’zan norasmiy bosimlar esa Mustaqillik erishganiga 30 yil to‘layotgan, ammo oxirgi 4 yilda ildam qadam tashlayotgan O‘zbekistonning bugungi islohotlariga soya solayotgandek. 

Inson huquqining buzilishini faqat zo‘ravonlik qurboni bo‘lishda emas, balki so‘z va matbuot, vijdon erkinligi, mehnat, uy joyga egalik, saylash, o‘z fikrini erkin ifoda etish kabi huquqlari buzilishida ham ko‘rish mumkin.

Inson huquqi haqida so‘z borganda ko‘pchilikda O‘zbekstonda Inson huquqi amalda bormi, degan savol paydo bo‘ladi. QALAMPIR.UZ yuqoridagi savollar bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari vakili (Ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyevga yuzlandi.

Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 
 

Mazkur suhbatda Ulug‘bek Muhammadiyev:

•    hozirgacha sudlarga bosim bo‘layotgani;
•    sudgacha bo‘lgan davrda adolat yo‘qligi;
•    hokimliklardagi korrupsiya;
•    diniy ekstremizm bilan qamalgan mahkumlarga bo‘lgan munosabat;
•    OAVga bo‘layotgan bosim;
•    Ulug‘bek Muhammadiyevga pora taklif qilishgani;
•    kiynoqlar kamerasiz xonada bo‘layotgani;
•    alohida Tergov qo‘mitasini tashkil etish zarurati;
•    kiyniqlarning O‘zbekiston imijiga ta’siri;
•    ombudsman ayrim vaziyatda o‘zini aybdor his qilishi haqida gapirdi
 

Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

zo'ravonlik ombudsman OAVga bo'layotgan bosim Inson huquqi

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing