Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida sodir etilgan yo‘l transport hodisasi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur vaziyatga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, voqea joriy yilning 13 avgust kuni taxminan soat 15:00 da Mirobod tumani Sariko‘l va Banokatiy ko‘chalari kesishmasida sodir etilgan.

Aniqlanishicha, mazkur hodisa 31 yoshli I.M. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil, 32 yoshli F.Sh. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomobili, 44 yoshli B.M. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil va 34 yoshli Y.Sh. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Taxminga ko‘ra, Cobalt va Isuzi haydovchilari tezlikni oshirgan holda va svetoforning signallari o‘chib-yonayotganida perpendikulyar joylashgan harakat yo‘llaridan chorrahaga bir vaqtda chiqqanliklari YTHga sabab bo‘lgan.

Mazkur ikki avtomobil bir-biri bilan to‘qnashgach, yuk avtomobili inersiya tufayli harakatni davom ettirib, chetda qoldirilgan Lacetti rusumli avtomobilga to‘qnashgan.

Cobalt ham xuddi shu tarzda Spark`ga urilib, so‘ng beton to‘siqqa to‘qnashgan.  Avtohalokat natijasida Cobalt haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov oldi tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing