Bojxonachini urgan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida chegara bojxona postida ayol kishi bojxonachiga qarshilik ko‘rsatib, unga jismoniy qarshilik ko‘rsatgani uchun jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi "Chumchuqlijar" chegara bojxona postida ayol F.K. (1963 y.t. tadbirkor) xizmatni o‘tab kelayotgan bojxona inspektori L.X.ga qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilib, bosh qismi va yuziga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazgan. 

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan F.K.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona Surxondaryo

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing