Sardoba suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlar to‘liq tozalandi

Jamiyat

image

“Sardoba” suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlariga Milliy gvardiya 2 535 nafar shaxsiy tarkibni safarbar etgan. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1 iyun kuni Sirdaryo viloyati boshqarmasidan tashqari barcha bo‘linmalar xizmat joylariga qaytarildi.

Sardoba suv toshqini oqibatida talofat ko‘rgan hududlarda tozalash ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi.

Hozirda evakuatsiya qilingan fuqarolar joylashgan 15 ta ob’ekt (2 506 nafar fuqaro) Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo‘riqlanmoqda.

Qurilish va ta’mirlash ishlariga respublikaning 13 ta shahar va viloyatidan jami 10 700 nafar quruvchi Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlaridagi 20 ta ob’ekt va 12 ta aholi yashash punktidagi xonadonlarga joylashtirilgan;

Bundan tashqari, 784 ta har-xil turdagi hujjat va 4 598 bosh tirik qoramol topilib egalariga qaytarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing