Samarqandlik Guliga uylangan Lord O‘zbekistonda xayriya jamg‘armasi ochmoqchi
Jamiyat
−
28 avgust 2019
88352018 yil oxirida 77 yashar musulmon lord o‘zidan 45 yosh kichik o‘zbek qizi – samarqandlik Guli Murodovaga uylangani haqida xabar bergan edik.
Ayni vaqtda o‘zini “Ledi Guli” deb e’lon qilgan 32 yashar Guli Murodova O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. U bugun, 28 avgust kuni "O‘zbekiston 24" radiokanalida intervyu berdi.
“Ledi Guli”ning ma’lum qilishicha, turmush o‘rtog‘i O‘zbekistonda nogironligi bor shaxslar va boquvchisini yo‘qotgan bolalar uchun xayriya fondi tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Lord Muhammad Iltaf Shayxning aytishicha, Buyuk britaniyaliklar xayriya fondlariga befarq emas. Joriy yilda ushbu mamlakat aholisi 200 million funt sterlingdan ortiq mablag‘ni xayriya qilgan.
Murodova O‘zbekistonga katta investitsiya kiritishni ko‘zlagani va O‘zbekiston rivojlanishiga hissa qo‘shish istagida ekanligini bildirdi.
Lordning turmush o‘rtog‘i Toshkentda ingliz tilini o‘rgatuvchi “London Collage of English” kurslarini tashkil etmoqda. Mazkur o‘quv kurslar uchun Londondan o‘qituvchilar taklif etiladi. Ingliz tili o‘quv kurslarini, avval Toshkentda keyinchalik Samarqand va Farg‘onada ochish niyatida ekanini aytmoqda Murodova.
LiveBarchasi