Lord va ledi Guli mustaqillik bayramiga taklif etildi
Bu qiziq
−
01 Sentabr 2019
12261Avval xabar berganimizdek, bugun, 31 avgust kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda ayni vaqtda O‘zbekistonda bo‘lib turgan angliyalik 78 yashar Lord Muhammad Iltaf Shayx va uning turmush o‘rtog‘i – samarqandlik 33 yashar Guli Murodova-Shayx ham qatnashdi.
Ularning tomoshabinlar qatoridan o‘rin olgani “O‘zbekiston-24” telekanali orqali namoyish etildi. Bayram tantanalarida Lord rafiqasi bilan Buxoro mavrigisiga ham raqsga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval O‘zbekistonga tashrif buyurgan Lord Muhammad Iltaf Shayx va Guli Murodova intervyularda O‘zbekistonga katta investitsiya kiritishni ko‘zlaganliklari, xususan “Ledi Guli” Toshkentda ingliz tilini o‘rgatuvchi “London Collage of English” kurslarini, Lord Muhammad Iltaf Shayx esa nogironligi bor shaxslar va boquvchisini yo‘qotgan bolalar uchun xayriya fondi tashkil ettish istagi borligini bildirgan edilar.
LiveBarchasi