Qoraqalpog‘istonda jurnalistlar nega yarim tunda prokuraturaga olib ketildi?
Jamiyat
−
27 iyul 2020
15597Joriy yilning 25 kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Norasmiy ma’lumotlarga tayanib, bir nechta rasmiy OAV ham bu xabar e’lon qilindi. Ammo ko‘p o‘tmay bu xabarlar rad qilindi.
Hammasi shu bilan tugamadi. O‘sha kunning o‘zida Musa Yerniyazov vafot etgani haqida xabar tarqatgan rasmiy internet saytlari “Makan.uz”, “kruz.uz” va “kar24.uz” muharrirlari tunda prokuraturaga olib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Muharrirlar prokuraturada so‘roq bo‘lganini aytgan. Bu esa jamoatchilikning muhokama mavzusiga aylandi.
Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi holat bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Unda ta’kidlanishicha, bunday uydirma xabarlar kim tomonidan tarqatilganini aniqlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas’ul shaxslari tomonidan “Makan.uz” cayti muharriri L.Kallixanova, “kruz.uz” sayti muharriri I.Yusupov, “kar24.uz” sayti muharriri Q.Begniyazova bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Profilaktik suhbat chog‘ida prokuror yoki ichki ishlar xodimlari tomonidan jurnalistlarga hech qanday bosim yoki tazyiq o‘tkazilmagan.
Hozirgi vaqtda Musa Yerniyazov shaxsiga taalluqli noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilishi holati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi