70 mingta tadbirkor faoliyati tiklanadi - Mirziyoyev

Jamiyat

image
Prezident juda ko‘p rahbarlar o‘z  ishlariga befarqlik va mas’uliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qildi north_east

Prezident juda ko‘p rahbarlar o‘z ishlariga befarqlik va mas’uliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni joriy yilda davlat byudjetiga tushumlar prognozi ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar bergandik.

Joylarda tadbirkorlar ishtirokida yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish quvvatlarini yaratishga kuchli turtki berish kerakligini ta’kidladi. 

Bugungi kunda 49 tumanda ishlab chiqarish va 63 tumanda xizmat ko‘rsatish hajmining juda pastligi – ulardagi mavjud salohiyat, yer, xomashyo va mehnat resurslari to‘liq safarbar qilinmaganidan dalolat beradi.

Shuning uchun Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rahbarlari boshchiligida joylarda sanoat va xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha doimiy ishchi guruhlar tashkil qilindi va ularga tarmoqlar biriktirildi. 

Ushbu tuzilmalarga tarmoqlar bilan birga har bir tuman va shahar salohiyatini o‘rganib, 2020 yilda yangi quvvatlar tashkil etish, infratuzilma va xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bunda respublika bo‘yicha qariyb 1,5 mingta davlat mulki va davlat ulushi mavjud ob’ektlarini sotish hamda 70 mingta tadbirkor faoliyatini tiklash muhimligi qayd etildi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tadbirkor

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing