O‘zbekiston Missiyasi rahbari NATO Bosh kotibi bilan uchrashdi

Olam

image

Kecha, 9 yanvar kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasining NATO huzuridagi Missiyasi rahbari, elchi Dilyor Hakimov alyans Bosh kotibi Yens Stoltenbergga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbatda tashkilot rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning ulkan salohiyatini to‘laqonli ochish imkonini beruvchi va mamlakatni tarixiy rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiquvchi tub islohot va o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.

O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning, jumladan harbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari ham muhokama qilindi.

Yens Stoltenberg Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning rivojlanayotganini alohida ta’kidladi va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi mojoroni bartaraf etish masalalaridagi rolini qo‘llab-quvvatladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-NATO Dilyor Hakimov

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing