O‘zbekistonga NATO delegatsiyasi keladi

Jamiyat

image

2020 yilda O‘zbekistonga NATO Parlament Assambleyasining delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 1 oktyabr kuni NATO Parlament Assambleyasining Bryusseldagi qarorgohida O‘zbekistonning tashkilotdagi doimiy vakili Dilyor Hakimov va alyans Bosh kotibi Devid Xobbs uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar Parlament Assambleyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish masalasi muhokama qilindi.

Devid Xobbs O‘zbekiston bilan hamkorlik istiqbollari haqida gapirganda, Assambleya Oliy Majlis bilan o‘zaro tashriflar orqali mintaqaviy va xalqaro siyosatga doir fikr almashishga hamda aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar 2020 yilda Oliy Majlis va Parlament Assambleyasining o‘zaro tashriflarini tashkil qilishga kelishib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-NATO

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing