AES qurishda barcha xalqaro talablarga qat’iy rioya qilamiz – Aripov
Jamiyat
−
20 Sentabr 2019
4178Avval xabar berganimizdek, poytaxt Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi (MOMIH), mintaqa davlatlari energetika vazirlarining birinchi muloqoti va Energetika investitsion forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumi doirasida energetika sohasidagi dolzarb masalalarni hal etish uchun mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning nutqi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov tomonidan o‘qib eshittirildi.
Bosh vazir o‘z nutqida mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash maqsadida xalqaro tajriba, texnologiya rivojlanish tendensiyasi, energetika tarmoqlarini rivojlantirishning turli xil variantlarini o‘rganib chiqib, O‘zbekiston o‘z atom energiyasini ishlab chiqarishga qaror qilganini qayd etgan, deb yozmoqda Sputnik.
“Xalqaro atom energiyasi agentligining to‘la huquqli a’zosi sifatida O‘zbekiston ushbu loyihani amalga oshirishda barcha xalqaro talablarga qat’iy rioya qiladi”, degan Aripov.
Birinchi marta o‘tkazilayotgan MOMIH energetika vazirlarining mintaqaviy muloqoti mamlakatlar va kompaniyalarni birlashtiradi hamda ushbu hududning energetik xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ishonchli elektr ta’minoti aholi farovonligi uchun zarur bo‘lish bilan birga, zamonaviy iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Va ushbu maqsadga erishish MOMIH energetika vazirlarining umumiy vazifasi hisoblanadi.
Energetika investitsion forumida (EIF) unda biznesni energetika, xususan, Markaziy Osiyo energetika bozorlariga jalb etish masalalarini muhokama etadilar.
EIF-2019 investorlarga o‘tish davridagi tez o‘zgaruvchan shart-sharoitlarga moslashishga yordam beradi, hukumatlar, investorlar va kelgusi avlod tadbirkorlarining biznes loyihalarini rag‘batlantiradi.
Forum doirasida shuningdek, OTB MOMIH birinchi startaplar tanlovini taqdim etadi. Tanlangan finalchilar o‘z biznes g‘oyalarini “TedTalk” formatida namoyish etishadi.
LiveBarchasi