O‘zbekiston bozorlaridagi go‘sht narxi e’lon qilindi
Jamiyat
−
22 avgust 2019
33399Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 20 avgust kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Mol go‘shti (laxm go‘shtidan tashqari) 32 ming so‘mdan 53 ming so‘mgacha (kg) Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da qayd etilgan. (32 ming so‘m) Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Samarqand shahrining “Temiryo‘l dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da kuzatildi. (53 ming so‘m) Qo‘y go‘shti 33 ming so‘mdan 58 ming so‘mgacha (kg) Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da 33 ming so‘mdan ro‘yxatga olingan.
Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”da 58 ming so‘mdan kuzatildi.
LiveBarchasi