Hujjatlarini ko‘rsatmagan haydovchi bilan tortishgan YPX xodimiga chora ko‘rilishi mumkin

Jamiyat 15144
image
-

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektori va fuqaro o‘rtasida tortishuv aks etgan videolavha tarqaldi. YHXBB Axborot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 4 may kuni sodir bo‘lgan. 

YPX inspektori O.O. M-39 avtomobil yo‘lining 1119 kilometirida joylashgan “Omon Qo‘ton” YPX maskanida hizmat olib borayotgan vaqtda Lada Vesta rusumli transport vositasi haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzgani uchun to‘xtatilib, undan hujjatlarini taqdim qilishi so‘ralganida haydovchi YPX inspektoriga hujjatlarni taqdim qilmagan.

Xodim va haydovchi o‘rtasidagi to‘liq muloqot inspektorning “Body camera”sida qayd etilgan.

YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi muloqot yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangani ma’lum qilindi.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 648
Reyting: 2.9
t
×