Husniddin Ergashev “Yoshlar” teleradiokanalida rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Husniddin Ergashev bugun, 19 aprel kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanali "Davr" informatsion dasturi muharririyati rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Husniddin Ergashev 1970 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 

U faoliyati davomida: 2010-2014 yillarda  O‘zMTRKning “Toshkent” telekanali direktori, 2014-2015 yillarda “O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi” direktori o‘rinbosari, “O‘zbekkino” milliy agentligining Alisher Navoiy nomli kinosaroyi ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan. 

Husniddin Ergashev xalq orasida O‘ZMTRK telekanallarida namoyish etilgan “Gap yo‘q”, “Maslahat” kabi hajviy ko‘rsatuvlar va “Nima uchun”, “Toshkent va toshkentliklar” kabi ijtimoiy mavzulardagi dasturlar bilan yaxshi tanilgan. 

U 2018 yilning 26 fevralidan buyon Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Husniddin Ergashev

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar