Husiylar Tel-Avivdagi nishonga zarba berganini e’lon qildi

Olam

image

Yaman husiylari Tel-Avivdagi nishonga zarba berdi. Bu haqda harakatning harbiy vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi. 

“Tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadigan yuqori sifatli operatsiya chog‘ida Tel-Avivdagi nishonga zarba berildi”, deydi husiylar vakili. 

Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati Tel-Aviv markazida portlash havo nishonining qulashi oqibatida sodir bo‘lganini ma’lum qilgan, biroq signal e’lon qilinmagan.

Isroil matbuotiga ko‘ra, portlash dron halokati tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. “The Jerusalem Post” nashrining yozishicha, portlash oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yetti kishi yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaman husiylari Qizil va O‘rtayer dengizidagi uchta kemaga ballistik raketalar, uchuvchisiz samolyotlar va dron- qayiqlar bilan hujum qilganini ma’lum qilgandi. Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bag‘ri Kani esa Isroil G‘azodagi operatsiyalarni yakunlasa, unga qarshi hujumlar to‘xtashini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Yaman Tel'-Aviv husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing