Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga zarba berdi

Olam

image

Rossiya neftini Hindistonga olib ketayotgan tanker Adan ko‘rfazida raketa hujumiga uchradi. Bu haqda "Maritime Executive" xabar berdi.

Kemaning Rossiyadan Hindistonga suzib ketayotgani haqidagi ishora ham unga yordam bermadi. Husiylar tanker Britaniyaniki deb ishongan.

"Yaman harbiy-dengiz kuchlari Britaniyaning neft kemasiga (Andromeda Star) yetarli miqdordagi raketalar bilan zarba berdi, to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba qayd etildi", deydi husiylar vakili Yahyo Sariya.

U amaliyotlar G‘azo sektorini Isroil agressiyasiga va uni qo‘llab-quvvatlayotgan AQSH-Britaniya koalitsiyasiga qarshi olib borilayotganini yana bir bor ta’kidladi.

Avtomatik kemalarni identifikatsiya qilish tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, 250 metrlik Andromeda Star Boltiq Primorskdan Hindistonga 115 ming tonnagacha neftni olib ketayotgan edi. Husiylar tomonidan tasodifiy hujumga yo‘l qo‘ymaslik uchun ekipaj hatto avtomatik identifikatsiya tizimida uning Rossiyadan Hindistonga ketayotganini ko‘rsatgan. Biroq bu yordam bermadi.

"Equasis" ma’lumotlariga ko‘ra, Andromeda Star 2023 yil 17 noyabrgacha Britaniya UML Abbeyiga tegishli bo‘lgan, biroq keyinchalik Seyshel orollarida ro‘yxatdan o‘tgan Algaye Marine kompaniyasining mulkiga aylangan.

"Andromeda Star minimal zarar ko‘rdi va o‘z yo‘lida davom etmoqda", deyiladi AQSH Markaziy qo‘mondonligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida ham Yamandagi husiylar yanglishib, Panama bayrog‘i ostida Rossiya neftini olib ketayotgan tankerni nishonga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing