Husiylar Qizil dengizda qaysi davlatlarning kemasiga hujum qilmasligini ochiqladi

Olam

image

Yamandagi husiylar Qizil dengizdagi Rossiya, Xitoy yoki Germaniya kemalariga hujum qilish niyatida emas. Bu haqda harakatning Siyosiy byurosi a’zosi Muhammad al-Baxitiy RTL va NTV telekanallariga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

"Xitoy va Rossiya kemalari bizning e’tiborimizda emas. Ularni xuddi Germaniya kemalari kabi nishonga olmaymiz", deydi u.

Husiylar vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu Isroil bilan aloqador bo‘lmagan barcha kemalarga ham tegishli.

NTV telekanaliga ko‘ra, AQSH va Britaniyaning Yamanga zarbasidan so‘ng husiylar harbiy harakatlarini kengaytirishini e’lon qilgan. Baxitiyning aytishicha, bundan harbiy kemalar ham chetda qolmaydi.

“Bizning harbiy amaliyotlarimiz G‘azodagi genotsid to‘xtaguncha va aholi oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘i olgunicha davom etadi. Bizning maqsadimiz yuk kemalarini cho‘ktirish emas, balki kompaniyalar uchun iqtisodiy xarajatlarni oshirish va ularning qonli yo‘lini o‘zgartirishdir”, deydi al-Baxitiy.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq husiylar yanglishib, Panama bayrog‘i ostida Rossiya neftini olib ketayotgan tankerni nishonga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing