Husiylar Qizil dengizda AQSH va Britaniya kemalariga hujum qildi 

Olam

image

Yamandagi husiylar Qizil dengizda Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniyaning kemalariga hujum qildi. Bu haqda harakatning harbiy vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.

“Qizil dengizda ikkita harbiy operatsiya o‘tkazildi, ulardan birinchisi Amerikaning Star Nasia kemasiga, ikkinchisi Britaniyaning Morning Tide kemasiga qarshi qaratildi”, deydi u.

Sariyaning aytishicha, ikkala kema ham kemaga qarshi raketalar bilan "to‘g‘ridan to‘g‘ri va aniq" urilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, husiylar “tajovuzga javob berishning qonuniy huquqi doirasida Qizil va Arab dengizlaridagi barcha Amerika va Britaniya nishonlariga qarshi takomillashtirilgan harbiy amaliyotlar o‘tkazadi”.

Birlashgan Qirollik dengiz savdosi operatsiyalari markazi ham Yamanning Xodeyda portidan 57 dengiz milyasi uzoqlikda kemalarga hujum bo‘lganini tasdiqladi. Kema kuzatuv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Marshall orollari bayrog‘ini ko‘targan Star Nasia yuk tashuvchi kemasi 1 yanvar kuni Amerikaning Norfolk portidan Hindistonning Vishakxapatnam shahriga jo‘nab ketgan. Kema oxirgi marta Adan ko‘rfazidan o‘z joylashuvi haqida ma’lumot uzatgan. Morning Tide yuk kemasi esa Barbados bayrog‘i ostida 28 yanvar kuni Bolgariyaning Varna shahridan jo‘nab ketgan. U yo‘l olgan port haqida ma’lumot xizmat veb-saytida mavjud emas. Kema 3 fevral kuni kema Suvaysh kanali orqali Qizil dengizga o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 fevral kuni AQSH harbiylari husiylarning Yamanda joylashgan ikkita harbiy-dengiz dronini o‘qqa tutgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaman husiylar Qizil dengiz Buyuk Britaniyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing