Husiylar AQSHning ikkita kemasiga hujum qildi

Olam

image

Yamandagi husiylar Adan ko‘rfazida Amerikaning ikkita kemasiga hujum qildi. Bu haqda harakatning harbiy vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.

“Yaman harbiy-dengiz kuchlari G‘azo sektoridagi Falastin aholisining zulmi va blokadasi, shuningdek, AQSH va Buyuk Britaniyaning mamlakatimizga qilgan hujumlariga javoban Adan ko‘rfazidagi AQSHning ikkita kemasiga hujum qildi”, deydi u.

Sariyaning so‘zlariga ko‘ra, Sea Champion va Navis Fortuna kemalari hujumga uchragan.

Shuningdek, husiylar hujumlari oqibatida Britaniya kemasi cho‘kib ketganini da’vo qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Birlashgan Qirollik dengiz savdo operatsiyalarini muvofiqlashtirish markazi Adan ko‘rfazida Britaniya kemasiga raketa hujumi sodir etilgani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Buyuk Britaniya Yaman Adan ko'rfazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing