Husanovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

Sport

image

Joriy yilning 17 mart kuni “Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘sha kuni Husanov terma jamoaning umumiy mashg‘ulotlarida ishtirok etmagandi. Ma’lum bo‘lishicha, Husanov zamonaviy talqinda aytganda, “Marry me” marosimida qatnashgan. Marosim Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida tashkil etilgan.

Qizig‘i, Husanov kecha, 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida aynan to‘yi haqidagi savolni ochiq qoldirgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Husanovning nikoh to‘yi 27 may sanasiga belgilangan. Katta to‘yga “Manchester Siti” futbolchi va xodimlari taklif etilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanovga taniqli funksioner Ulug‘bek Asanboyev to‘yona sifatida qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing