Kurs UZS

USD

12 937.16

23.97

EUR

13 937.20

28.4

RUB

154.55

0.38

Husanovning “Real”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Sport

image

“Sofascore” nashri Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o‘yinidan o‘rin olgan “Real” - “Manchester Siti” bahsidan keyin futbolchilarga qo‘yilgan ballarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, “shaharliklar” safida asosiy tarkibda maydonga tushib, 90 daqiqa maydonda harakat qilgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 6.8 ballga loyiq ko‘rilgan. “Manchester Siti” tarkibidagi eng yuqori ball yarim himoyachi Niko Gonsalesga tegishli bo‘ldi, u 7.3 ball oldi. Madridliklar tarkibida eng yuqori balga hujumchi Kilian Mbappe loyiq ko‘rildi, u 9.5 ballga baholandi va o‘yindagi eng yuqori ball olgan futbolchiga aylandi. Shuningdek, Mbappe o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Uchrashuvdagi eng past baho esa “shaharliklar” himoyachisi Jon Stounzga berilgan, u 6.3 ballga loyiq ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, 20 fevralga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi o‘tish o‘yini javob uchrashuvida “Real Madrid” o‘z uyida “Manchester Siti”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi o‘yin 3:2 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘lgandi. Umumiy hisob 6:3 va “qirollik klubi” keyingi bosqichga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Chempionlar ligasi Abduqodir Husanov pley-off bosqichi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing