Husanovning “Portu”ga qarshi o‘yini qanday baholandi
Sport
−
11:54 444 1 daqiqa
Kecha, 8 sentyabr kuni Chempionlar ligasining 2026-2027 yilgi mavsumidagi ilk uchrashuvida “Manchester Siti” safarda “Portu”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushdi.
Husanov o‘yinning 48-daqiqasida Yoshko Gvardiol o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. “Flashscore” portali Husanovning uchrashuvdagi harakatlarini 6,5 ballga baholadi.
“Manchester Siti”ning uchrashuvdagi har ikki golini Erling Holand kiritdi. Norvegiyalik hujumchi Chempionlar ligasidagi gollari sonini 59 taga yetkazib, Tomas Myullerni ortda qoldirdi va musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yettinchi o‘ringa ko‘tarildi. Holand bu natijaga 59 ta uchrashuvda erishdi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Husanov uchun Chempionlar ligasidagi to‘rtinchi mavsumi bo‘ldi. U mazkur musobaqada avval “Lans” va “Manchester Siti” jamoalari safida jami 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Himoyachi “Lans” tarkibida 2 marta, “Manchester Siti” bilan esa 7 marta Chempionlar ligasida o‘ynagan.