Husanovni aldab o‘tib ketish juda qiyin – “Siti” futbolchisi
Sport
−
18 dekabr 3252 1 daqiqa
Kecha, 17 dekabr kuni Angliya Liga kubogi chorak finali doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Brentford”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng “Citi”ning 18 yoshli hujumchisi Divayn Mukasa o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.
“Husanovni aldab o‘tib ketish juda qiyin. U “Brentford” yuzaga keltirmoqchi bo‘lgan barcha xavfni bartaraf etdi. Bu ishni yaxshi uddaladi, unga buning uchun alohida rahmat”, deydi Divayn Mukasa.
Mazkur uchrashuvda Divayn Mukasa asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq o‘yin maydonda harakat qildi. Husanov esa joriy yilning 26 noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida “Bayer Leverkuzen”ga qarshi o‘yindan so‘ng ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi.
“Brentford”ga qarshi o‘yinda Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. U uchrashuvning 16-daqiqasida sariq kartochka olganiga qaramay, maydondagi eng faol va ishonchli futbolchilardan biri bo‘ldi. Sofascore portali o‘zbekistonlik himoyachining o‘yinini 7,2 ball bilan baholadi.
Live
Barchasi