Husanov yaxshi o‘ynadi – Gvardiola
Sport
−
08 mart
16197Angliya chempionati 28-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Nottingem”ga qarshi bahsdan keyin “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida qatnashib, uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bugun raqib kamroq vaziyat yaratishi uchun harakat qildik. Ular birgina vaziyatdan oson foydalandi. Himoyada yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Husanov yaxshi o‘ynadi. Bizda boshqa futbolchilar yo‘q, ammo shunga qaramay yaxshi o‘ynadik. Husanov maydonda bo‘lgan vaqtda ham, Diash bilan ham o‘yinimiz yaxshi chiqyapti. Bizda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yana 10 ta uchrashuv bor. 10 ta final. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz”, deydi Gvardiola.
Qayd etish joiz, “Nottingem”ga qarshi bahsda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi, biroq shaharliklar kichik hisobda imkoniyatni boy berib, qimmatli ochkolardan quruq qoldi.
LiveBarchasi