Husanov va Rahmonaliyevning CHLdagi o‘yini qanday baholandi?
Sport
−
11:29 2320 1 daqiqa
Kecha, 20 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Abduqodir Husanov va Umarali Rahmonaliyev Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvlarda maydonga tushdi. Har ikki futbolchi ham bahslarni asosiy tarkibda boshladi.
Abduqodir Husanov to‘p surayotgan “Manchester Siti” Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turida o‘z maydonida Gretsiyaning AEK klubini 5:1 hisobida mag‘lub etdi.
Umarali Rahmonaliyev harakat qilayotgan “Sabah” jamoasi esa o‘z maydonida Dortmundning “Borussiya” klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Sofascore” portali Husanovning AEKka qarshi o‘yinini 6,5 ball bilan baholadi. Bu “shaharliklar” safidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. Uchrashuvdagi eng yuqori ball esa xet-trik muallifi Fil Fodenga nasib etdi. Angliyalik futbolchining o‘yindagi harakatlari portal tomonidan 10 ballga loyiq ko‘rildi.
Umarali Rahmonaliyevning o‘yini esa “Sofascore” portali tomonidan 6,6 ball bilan baholandi. O‘zbekistonlik futbolchi uchrashuvning 81-daqiqasida zaxiraga olindi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti” ochkolari sonini oltitaga yetkazib, Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi. Rahmonaliyev to‘p surayotgan Ozarbayjonning “Sabah” klubi esa 3 ochko bilan 25-o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi20 Oktyabr