Husanov O‘zbekistonning eng qimmat ikkinchi futbolchisiga aylandi

Sport

image

Fransiyaning “Lans” klubida to‘p tepadigan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning transfer narxi 5 million yevrogacha ko‘tarildi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining qiymati 2,5 million yevroga ko‘tarilgan. Iyun holatiga ko‘ra, Husanovning narxi 2,5 million yevroni tashkil etayotgandi. 

Shunday qilib, Husanov O‘zbekistonning eng qimmat ikkinchi futbolchisiga aylanib oldi. Husanovdan tashqari terma jamoa sardori Eldor Shomurodovning ham qiymati 5 million yevro etib belgilangan, biroq yoshdagi tafovut tufayli bu borada Husanov 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi esa 6 million yevroga baholanayotgan Abbosbek Fayzullayev hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov joriy mavsum “Lans” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘zining ishonchli harakatlari bilan ajralib turdi. Husanov 2023 yilning iyulidan buyon Fransiya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Abduqodir Husanov Lans Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing