Husanov top-5 chempionatning eng yaxshi yosh himoyachisi deb topildi
Sport
−
25 Oktabr
6909O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi a’zosi Abduqodir Husanov top-5 chempionatning 20 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi himoyachisi deb topildi. Bu haqda “Datamb.football” portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Yevropaning yetakchi chempionatlarida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida himoyaviy harakatlar bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Abduqodir Husanovda qayd etilgan. Himoyachi 93 ball bilan reytingda yetakchilik qilmoqda.
Keyingi o‘rinlarni “Monako” himoyachisi Lamin Kamara (70 ball) va “Valensiya” a’zosi Kristian Moskera (68 ball) band etdi.
Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsum klubining barcha o‘yinlarida ishtirok etdi va himoyadagi ishonchli harakatlari bilan ajralib turdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanovga Londonning “Arsenal” klubidan qiziqish borligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi