Husanov “Siti”da mavsum futbolchisi bo‘lishi mumkin
Sport
−
12:12 1077 1 daqiqa
Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning 2025-2026 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishiga yakuniy nomzodlar ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun yakuniy nomzodlar sifatida Jerami Doku, Niko O’rayli va Abduqodir Husanov ko‘rsatilgan. G‘olibni aniqlash esa, klubning rasmiy saytida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ta’kidlash joizki, Husanov ushbu mavsum davomida ikki bor – yanvar va mart oylarida “Manchester Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Shuningdek, u ushbu mavsumda “shaharliklar” bilan 2 ta sovrin Angliya Kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, hali ham jamoasi bilan APL chempionligi uchun kurashmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda mazkur mukofotni xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiol qo‘lga kiritgandi.

Live
Barchasi