Husanov Ronaldu bilan maydonda nimalar haqida gaplashganini aytdi
Sport
−
10:11 15017 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov 2026 yilgi Jahon chempionati doirasida Portugaliyaga qarshi uchrashuvda Krishtianu Ronaldu bilan kechgan suhbat tafsilotlarini ochiqladi. Bu haqda sport jurnalisti Davron Fayziyev ma’lum qildi.
Jurnalist o‘zining Instagram sahifasida Xyustonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan lavhalarni e’lon qildi. Unda Husanov va Ronaldu o‘rtasidagi muloqot haqida ham ma’lumot berilgan.
“O‘yin davomida ko‘p gaplashdik. Asosan maydondagi vaziyatlar haqida fikr almashdik. Aynan o‘sha videoda nimalar deganimizni aniq eslay olmayman. Masalan, bekor qilingan golimizdan keyin biroz tortishib qoldik. Ronaldu o‘sha vaziyatda qoida buzilganini aytdi, men esa Abbos qo‘pol o‘ynaydigan futbolchi emasligini tushuntirdim. Lekin har safar suhbatimiz do‘stona ruhda o‘tdi”, deydi Husanov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 iyun kuni Xyustonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Portugaliya O‘zbekistonni 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Uchrashuv davomida Ronaldu va Husanov bir necha bor maydonning o‘zida muloqot qildi. Eng esda qolgan epizodlardan biri 60-daqiqada, Abduvohid Ne’matov avtogol urganidan keyin kuzatildi. O‘shanda Portugaliya sardori Husanovning oldiga kelib, uni quchoqlab, yelkasiga qoqib, ruhan qo‘llab-quvvatladi.
Live
Barchasi