Husanov Liga kubogi yarim finali ramziy jamoasiga kirdi
Sport
−
15 yanvar 3485 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Sofascore” portali talqiniga ko‘ra Angliya Liga kubogi yarim final uchrashuvlari ramziy jamoasidan joy oldi.
Joriy yilning 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Angliya Liga kubogi yarim finalida “Manchester Siti” safarda “Nyukasl”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanov o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Kecha,14 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi yarim finalda “Chelsi” “Arsenal” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va unda “Arsenal” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
“Sofascore” nashri yarim final uchrashuvlarining ramziy jamoasini e’lon qildi. Unda “Manchester Siti”dan 3 nafar futbolchi, jumladan, Abduqodir Husanov ham o‘rin oldi. Ramziy jamoada, shuningdek, “Arsenal”dan 4 nafar, “Chelsi”dan 3 nafar va “Nyukasl”dan 1 nafar futbolchi joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Abduqodir Husanovning o‘yiniga yuqori baho berib, o‘zbekistonlik futbolchini klubning eng muvaffaqiyatli transferlaridan biri sifatida e’tirof etgan edi.
Live
Barchasi