Husanov ishtirok etgan navbatdagi karikatura e’lon qilindi (video)
Sport
−
25 fevral
49529Ijtimoiy tarmoqlarda anchagina tanilgan “Zezo Cartoons” “Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov ishtirok etgan karikaturani e’lon qildi.
Animatsion videoda kimsasiz orolda “Real” futbolchilari, “Manchester Siti” kemasini yoqib yuborib, Yevropa Chempionlar ligasi finali tomon odimlayotganda Vinisius Juniorning yonayotgan kemada qolib ketgani aks ettirilgan.
E’tiborlisi, videoda Vinisiusni Abduqodir Husanov asirga olgani aks ettirilgan. Keyin esa “Real” himoyachisi Raul Asensio Omar Marmushni hushsiz qilgan holda, Husanovdan Vinisiusni qo‘yib yuborishni talab qiladi. Video davomida Husanov Vinisiusni qo‘yib yuboradi va “Real” futbolchilari final sari safarini asosiy yulduzlari bilan davom ettiriladi.
Ma’lumot uchun, YeCHL pley-off bosqichining o‘tish bahsida “Real” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Manchester Siti”ni 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Madridliklar keyingi bosqichda hamshahri “Atletiko”ga qarshi bahs olib bordi.
LiveBarchasi
Trenddagilar




