Husanovning “Ipsvich”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Sport

−

image

Kecha, 17 oktyabr kuni “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasi doirasida o‘z maydonida “Ipsvich”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

“Manchester Siti” bahsda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Fil Foden 19-daqiqada, Erling Holand esa 34 va 69-daqiqalarda gol urdi. “Ipsvich” jamoasining gollariga Dayzen Maeda (21-daqiqa) va Zian Flemming (90-daqiqa, penalti) mualliflik qildi.

“Sofascore” portali talqiniga ko‘ra, Abduqodir Husanov ushbu bahs uchun 6,3 ball bilan baholandi. “AK-45” uchrashuvning 76-daqiqasida Mateus Nunes o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi va o‘yin yakuniga qadar harakat qildi. 

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb dubl qayd etgan Erling Holand topildi. Uning harakatlari 9,9 ballga loyiq ko‘rildi. Fil Foden esa 8,2 balldan oldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Manchester Siti” 21 ochko bilan Premer-liga jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Ipsvich” esa to‘qqiz ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing