Husanov Fransiya chempionatining yarim mavsumlik ramziy jamoasiga kirishi mumkin
Sport
−
25 dekabr
2185O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi a’zosi Abduqodir Husanov mamlakat chempionatining dastlabki yarmi uchun tuziladigan ramziy terma jamoaga kirishga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi.
20 yoshli Husanovdan tashqari ramziy terma jamoaga kirish uchun PSJ, “Marsel”, “Lill”, “Monako” va boshqa bir qator grand klublarning markaziy himoyachilari da’vogarlik qilmoqda. Jumladan, PSJ a’zosi Markinos ham ramziy jamoaga kirish uchun kurashmoqda.
Ramziy terma jamoa rasmiy saytdagi ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsum “Lans” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta assist muallifiga aylandi. Uning transfer narxi 12 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi yosh sportchisi bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi