Husanov effektida O‘zbekiston Osiyoning eng qimmat 3-jamoasiga aylandi
Sport
−
19 mart 11933 1 daqiqa
Kecha, 18 mart kuni Angliyada futbolchilarning transfer narxi yangilandi va “Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer qiymati 23 million yevroga qimmatlashib, 35 million yevroga yetdi.
Husanovning narxi qimmatlashi O‘zbekiston milliy terma jamoasining umumiy qiymatiga ham sezilarli darajada ta’sir qildi va “oq bo‘rilar” Osiyodagi eng qimmat 3-terma jamoaga aylandi.

Hozirga kelib, O‘zbekiston milliy terma jamoasining umumiy qiymati 70 million yevroga yetdi va jamoa qiymati bo‘yicha Eron, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Iroq va Iordaniya kabi terma jamoalarni katta farq bilan ortda qoldirdi.
Yaponiya terma jamoasi 307 million yevrolik qiymat bilan hamon Osiyoning eng qimmat terma jamoasi bo‘lib turibdi. Bu borada 121 million yevrolik tarkibga ega Janubiy Koreya 3-o‘rinni band etgan.
Qayd etish joiz, transfer narxi oshganidan keyin Husanov Osiyoning eng qimmat 4-futbolchisiga aylandi. Faqatgina “Brayton” a’zosi Kaoru Mitoma, “Bavariya” futbolchisi Kim Min Jae va “Real Sosedad” futbolchisi Takefusa Kuboning transfer narxi Husanovning qiymatidan qimmatroq.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr