Husanov bugun asosiy tarkibda tushishi mumkin

Sport

image

Bugun, 15 fevral kuni Angliya Premer ligasi 25-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Bu turda “Manchester Siti” o‘z uyida “Nyukasl”ni qabul qiladi.

Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli bor

“Manchester Siti”ning jarohat olgan futbolchilari ko‘payib ketgani va ayniqsa, asosiy himoyachilardan biri Manuel Akanji “Real”ga qarshi bahsda orttirib olgan jarohati sabab, klub murabbiyi “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda tarkibda o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda. Ayniqsa, himoya markazida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda o‘ynash ehtimoli ortmoqda. Chunki ayni damga kelib, Husanovdan ko‘ra yaxshiroq variant yo‘qdek. Chunki Stounz tushgan taqdirda ham uni tayanch yarim himoyaga qo‘yishi mumkin. Niko va Rodrining yo‘qligi sabab albatta. Qanotga Riko Lyuis joylashsa, markazga Ruben Diash va Husanov tandemi tushirilishi mumkin. Ake varianti ham bor, ammo u ham yaqindagina jarohatdan qaytgan va katta ehtimol u zaxira o‘rindig‘ida qoldiriladi. Husanovning kubok doirasida “Leyton”ga qarshi bahsda gol urgani va maydondagi eng yaxshilaridan biri bo‘lgani ham uning asosiy tarkibda tushishga loyiqligini isbotlaydi. Lekin tarkib bo‘yicha so‘nggi qarorni murabbiy Pep Gvardiola chiqaradi.

“Shaharliklar” turnir jadvalida 4-o‘ringa chiqib olishi mumkin

Angliya Premer ligasi 25-turiga qadar “Manchester Siti” 41 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Bugungi raqib “Nyukasl” ham 25-turgacha “shaharliklar” kabi 41 ochko to‘plab, 6-o‘rinda bormoqda. Ko‘rinib turibdiki, izma-iz kelayotgan raqiblar bugun borini berib o‘ynaydi. Sababi, asosiy ta’qibchi “Chelsi” 15 fevralga o‘tar kechasi mehmonda “Brayton”ga yirik 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ochkosi 43 ligicha qoldi. Agar bugungi bahsda “Manchester Siti” va “Nyukasl”dan biri g‘alaba qozonsa, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oladi. Bordi-yu, durang qayd etilsa, ikki jamoaning ochkosi 42 taga yetadi va turnir jadvalidagi o‘rnini saqlab qoladi, agar “Bornmut” mehmonda “Sautgempton” bilan o‘yinda g‘alaba qozonmasa. Agar “Bornmut” g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, 43 ochkoga ega bo‘ladi va 7-o‘rindan 5-o‘ringa ko‘tarilib oladi.   

Taxminiy tarkiblar

Odatdagidek,  “One Football”, “Sportsmole”, “Opta” kabi nashrlar “Manchester Siti” - “Nyukasl” o‘yini uchun taxminiy tarkiblarini e’lon qildi.

“One Football” talqiniga ko‘ra, “Manchester Siti” tarkibi:

Ederson, Nunes, Diash, Stounz, Gvardiol, Kovachich, Bernardu, Gyundogan, Foden, Marmush, Xoland.

Zaxira: Moreno, Lyuis, Husanov, Reys, Ake, Niko, De Bryuyne, Maketi, Savino.

“Sportsmole” talqiniga ko‘ra, “Manchester Siti” tarkibi:

Ortega, Nunes, Diash Ake, Gvardiol, Niko, Kovachich, Savino, Foden, Marmush, Xoland.

“Opta” talqiniga ko‘ra, “Manchester Siti” tarkibi:

Ederson, Lyuis, Diash, Ake, Gvardiol, Stounz, Foden, Savino, Bernardu, De Bryuyne, Xoland.

Ko‘rinib turibdiki, har uchala nashr ham o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovni zaxira o‘rindig‘ida qoldirgan. Variantlar, taxminlar har xil, ammo yuqorida aytganimizdek, yakuniy qarorni murabbiy Gvardiola chiqaradi. 

Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Siti” - “Nyukasl” o‘rtasidagi o‘yin bugun, 15 fevral kuni 20:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Angliya Prem'er ligasi N'yukasl Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing