Humoyun To‘xtamurodovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov kelgusi jangini 19 oktyabr kuni Qozog‘istonda o‘tkazadi. Bu haqda To‘xtamurodov jang qiladigan liga matbuot xizmati xabar berdi.

Qarag‘anda viloyati mezbonlik qiladigan “Naiza 68” turnirida o‘zbekistonlik jangchi eronlik tajribali Alirizo Shariatiga qarshi oktagonga chiqadi.

32 yoshli Shariati shu vaqtga qadar MMA'da 7 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 25 yoshli To‘xtamurodov esa shu vaqtga qadar MMAʼda 13 ta jang o‘tkazib, 10 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 3 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida “Naiza” ligasining BMF kamari uchun jang o‘tkazishi xabar qilingandi.

To‘xtamurodovning kamar uchun jangi Toshkentda o‘tkazilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Eron Humoyun To'xtamurodov Alirizo Shariati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing