Hukumat Telegram faoliyati yuzasidan ikkita tekshiruv o‘tkazadi

Olam

image

Germaniya hukumati mamlakatda Telegram’ning cheklangan vakolatlardan foydalangani yuzasidan ikkita tekshiruv o‘tkazadi. Bu haqda bugun, 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan GFR Adliya vazirligining matbuot anjumanida ma’lum qilingan.

“Federal Adliya tashkiloti Telegram’ga qarshi ikkita jarima jazosini qo‘llash bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi” deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, tekshiruv mobaynida messenjerning mamlakatda unga berilmagan vakolatlardan foydalangani bilan bog‘liq holatlar ko‘rib chiqiladi.

“Qo‘zg‘atilgan ish yuzasidan ikkita xat BAAda joylashgan Telegram kompaniyasining bosh ofisiga yuborildi”, deya qo‘shimcha qilgan, holat yuzasidan ortiqcha ma’lumotlarni ochiqlashni istamagan vazirlik.  

Avvalroq, Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fezer qo‘llangan qonuniy choralar ish bermagan holda, messenjerning mamlakat bo‘ylab bloklanishi haqida bildirgan edi. U messenjerni tartibga solish borasida yagona Yevropa standartlariga amal qilinishi kerakligi haqida ta’kidlagan. 

Germaniya Federal jinoyat departamenti messenjer orqali sodir etilgan jinoyatlarni tekshirish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzgan. 

Germaniyadagi Telegram bilan bog‘liq muammolarga uning mamlakatda vakolatli ofisi yoki rasmiy vakili yo‘qligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.  

Hukumatning bildirishicha, Telegram orqali koronavirus doirasida joriy qilingan cheklovlarni buzishga undovchi va siyosatga qarshi xabarlar tarqalmoqda.

 

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

661

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing