Hukumat Messi haqida zimdan ma’lumot to‘plagan bo‘lishi mumkin

Sport

image

Argentinalik sudya Rodolfo Kanikoba hukumat tomonidan qator shaxslarni noqonuniy kuzatuvi bo‘yicha tergov boshladi. Kuzatilganlar orasida mashhur futbolchi Lionel Messi ham bo‘lishi mumkin. Bu haqda 21 oktyabr kuni “Paxina 12” gazetasi xabar bermoqda.

Sudyaning ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezident Mauritsio Makri hukumati 60 nafardan ortiq shaxs, shu jumladan, sudyalar, jurnalistlar va siyosatchilardan tashqari, "Barselona" futbol klubi sardori haqida ma’lumot yig‘gan. Ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar, asosan, soliq va migratsiya xizmatlari tomonidan taqdim etilgandi.

Gazetaning yozishicha, sudya Kanikoba ushbu so‘rovlar qonuniy bo‘lgan-bo‘lmaganini tekshirishni maqsad qilgan. Sudyaning fikricha,ma’lumotlar olish, jumladan, mamlakatdan chiqib ketish haqidagi ma’lumotlar to‘plash qonuniy bo‘lmagan. 

Nashrning taxmin qilishicha, “Barselona” futbolchisi Lionel Messining so‘nggi vaqtlar soliq qarzdorligi bilan bog‘liq mashmashalar aynan ana shu kuzatuvlar hosilasi bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi

Baholaganlar

256

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing