Hukumat kartoshkachilikka oid qarorni imzoladi
Jamiyat
−
02 aprel 2020
19666O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida zamonaviy kartoshkachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘irsida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati hududidagi 5 ta MCHJ negizida iste’molga yo‘naltirilgan kartoshka ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha agrosanoat klasteri tashkil etiladi.
Qaror bilan agroklaster faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
Jumladan, agroklaster urug‘lik kartoshka yetishtiradi, uni virussiz in vitro texnologiyasi asosida ko‘paytiradi.
Urug‘lik kartoshkani sertifikatlash bo‘yicha tariflar barcha jismoniy va yuridik shaxslarga har bir tonnasi uchun BHMning 2 foizi (4460 so‘m)ni tashkil etadi.
Qaror bilan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan respublikada ishlab chiqarilgan quruq kartoshka pyuresi (TIF TN kodi 1105200000) eksportini amalga oshirishga ruxsat berildi.
LiveBarchasi