Hukumat qarori: O‘zbekiston ikkita islom korporatsiyasiga kiradi
Jamiyat
−
29 may 2019
4326O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.
Prezidentning joriy yilning 5 martidagi “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mazkur tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) tasdiqlangandi.
Ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirish uchun 4 ta dasturiy hujjat tasdiqlandi.
Islom taraqqiyot banki guruhi (ITB) va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari (AMG) bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha Harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) da 26 ta tadbirni amalga oshirish nazarda tutilgan. Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiyasi hamda Islom investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urta qilish korporatsiyasiga kirish bo‘yicha ichki davlat tartibotlari yakunlanishi lozim.
ITB bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha boshqa tadbirlar qatorida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun “Aloqabank” ATB orqali 10 dollar miqdorida Islom xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasining moliyalashtirish liniyasi jalb etilishi ham nazarda tutilgan. AMG bilan hamkorlikni rivojlantirish tadbirlari sirasida esa – ITB, Quvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi, OPEK jamg‘armasi, Abu-Dabi rivojlantirish jamg‘armasi va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish.
Bundan tashqari, quyidagilarda sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim, suv ta’minoti tizimini, yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda arzon uy-joylar qurish loyihalari nazarda tutilgan:
2021 yilgacha mo‘ljallangan ITB bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarda;
ITB va AMG jamg‘armalari bilan birgalikda amalga oshirish taklif etilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxatlarida.
LiveBarchasi