Hukumat binosida quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
Jamiyat
−
11 noyabr 2022 7242 1 daqiqa
Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 1,1 mln kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Makur stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Bundan tashqari stansiya ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyatiga ham ega.
Stansiya Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025