Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga vaqtincha boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadov Ismatovichga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i lavozimini vaqtincha bajarish yuklatildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Salom Samadov 1990 yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi mehnat faoliyatini 1990 yilda Buxoro viloyati Fayzulla Xo‘jayev tumani prokuraturasida boshlagan. 2005 yildan 2008 yilgacha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan.

2008 yildan 2017 yilgacha Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori lavozimida ishlagan. 2017 yilda bir vaqtning o‘zida Prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zosi bo‘lgan.

2017-2018 yillarda O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlangan bo‘lsa, 2018 yildan 2022 yilgacha Toshkent viloyati prokurori, 2022-2023 yillarda Qashqadaryo viloyati prokurori bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Salom Samadov Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar