Hududlarga 1000 ta tez tibbiy yordam mashinasi yetkaziladi — Prezident
Jamiyat
−
19 may 2021
3418Kecha, 18 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda davlat rahbari mutasaddilarga 1 oktyabrga qadar hududlarga 1000 ta “Volkswagen Caddy” rusumli tez tibbiy yordam mashinasini yetkazish bo‘yicha topshiriq bergan.
“Sog‘liqni saqlash tizimiga har yili bir necha trillionlab mablag‘ ajratiladi, xalqaro kreditlar jalb qilinadi. Ushbu mablag‘lar samarasini ham aholi, ham davlat sezadigan tizim yaratishimiz kerak”, deydi Prezident.
Qayd etilishicha, buning uchun hududlar va kasalliklar kesimida sifat, miqdor ko‘rsatkichlarini belgilash, tajriba tariqasida ularni baholash tizimini, eng avvalo, onkologiya va gematologiya yo‘nalishlarida joriy etish vazifasi qo‘yilgan.
Ta’kidlash joiz, hozirda hududlarda 850 ta xizmat muddatini o‘tagan Damas (8 yildan oshgan) tez tibbiy yordam mashinasi mavjud, aholi sonidan kelib chiqib yana 170 ta yangi tez tibbiy yordam mashinasiga ehtiyoj bor.
LiveBarchasi